AsosiyJamiyat

Er uchastkalari qaysi hollarda olib qo`yilishi mumkin?

'Er uchastkalari qaysi hollarda olib qo`yilishi mumkin?'ning rasmi

Er uchastkalarini olib qo`yish bilan bog`liq masalalar Er kodeksi, Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarini olib qo`yilishi munosabati bilan fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarni qoplash tartibi to`g`risidagi nizom hamda boshqa qonun-hujjatlari bilan tartibga solingan, deb xabar bermoqda «Inson va qonun» nashri.

Er kodeksining 37-moddasida er uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er egasining roziligi bilan yoki erdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishilgan holda tegishincha:

  • tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga;
  • Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan olib qo`yilishi belgilangan.

Er uchastkasini olib qo`yish to`g`risidagi qaror:

  • bosh rejalarga;
  • shaharlar, turar joy tumanlarini va aholi punktlari mikrotumanlarini batafsil rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi.

Er egalari, erdan foydalanuvchilar, er uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga etkazilgan zararning o`rni (shu jumladan boy berilgan foyda) quyidagi erlar olib qo`yilgan hollarda to`la hajmda qoplanishi belgilangan.

Agarda er uchastkasi egasi, er uchastkasini olib quyish to`g`risidagi qarordan norozi bo`lgan taqdirda yuqori turuvchi organga yoki to`g`ridan to`g`ri sud organlariga murojaat etish huquqiga ega.

Bundan tashqari, Er kodeksining 91-moddasiga asosan o`zboshimchalik bilan egallab olingan er uchastkalari ularga g`ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko`ra qaytariladi.

Er uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish er uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

O`zboshimchalik bilan egallab olingan er uchastkasini er egasiga, erdan foydalanuvchiga, er uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko`ra amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar