AsosiyJamiyat

Andijonda 50 ta ko`p qavatli uy quriladi

'Andijonda 50 ta ko`p qavatli uy quriladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Andijon shahrining Sulton Jo`ra mahallasida qurilgan uy-joylarni borib ko`rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbarining o`tgan yilgi tashrifi chog`ida belgilangan vazifalar asosida ushbu mahallada beshta, Mustaqillik mahallasida ikkita 7 qavatli uy qurilib, foydalanishga topshirildi.

Joriy yilda 14 ta shunday turar joy barpo etilayotgan edi. Prezidentimiz Andijonda bu masala dolzarb ekanini inobatga olib, shu yilning o`zida qo`shimcha yana beshta 7 qavatli uy qurish bo`yicha topshiriq berdi.

Shu tariqa bu yil Andijon shahrida 19 ta, yaqin yillarda jami 50 ta ko`p qavatli uy bunyod etiladi.

Shu erda Andijon viloyatida amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlari, kommunal tarmoqlarni yaxshilash loyihalari taqdimoti o`tkazildi.

Shavkat Mirziyoev Andijon viloyatida ichimlik suvi tarmoqlarini rivojlantirish uchun 200 milliard so`m mablag` ajratishga ko`rsatma berdi.

    Boshqa yangiliklar