AsosiyJamiyat

FVV: Sel oqimlaridan faqat qochib qutulish mumkin

'FVV: Sel oqimlaridan faqat qochib qutulish mumkin 'ning rasmi

O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel kelgan vaqtda aholi qanday harakat qilish borasida tavsiyalar berdi.

Vazirlikning bildirishicha, O`zbekiston Respublikasidagi barcha tog` va tog` oldi hududlari sel xavfi bo`lgan zonalarga kiritilgan. Respublikaning Namangan, Farg`ona, Surxondaryo, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududlari suv toshqini-sel xavfi mavjud hududlardan hisoblanadi.

Aytilishicha, sel oqimlaridan faqat qochib qutulish mumkin.

"Sel xavfi to`g`risida xabar eshitgandan so`ng darxol xavfsiz joyga ko`chish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha bo`lishi mumkin) doimo yodda tutish lozim", — deyiladi vazirlik tavsiyasida.

Agarda sel oqimidan xalos bo`lishning iloji bo`lmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror balandroq moslamalar ustiga chiqish kerakligi aytiladi.

Ma`lum qilinishicha, odatda sel 3-5 soat vaqt davom etishi mumkin.Sel oqimi o`tgandan so`ng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv ta`minotining sozligini tekshirish zarur.

Ko`p yillik kuzatishlarga ko`ra, O`zbekiston hududida sel toshish ehtimoli aprel-iyun oylarida birmuncha faollashuvi qayd etilgan va sodir bo`lgan hodisalar quyidagicha taqsimlangan: aprel oyida 30%, may oyida 36%, iyun oyida 14%.

Vazirlikning ma`lum qilishicha, aprel-may oylarida Toshkent, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo. Qashqadaryo viloyatlari va Farg`ona vodiysi tog`-yonbag`irlarida sel toshqinlarining bo`lishi kuzatiladi. Iyun-iyul oylarida Namangan va Farg`ona viloyatlari tog`-yonbag`ri hududlarida sel-toshqin harakati saqlanib qoladi. Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham sel toshqinlari bo`lib o`tish ehtimoli mavjud.

    Boshqa yangiliklar