Kecha, 18 may kuni soat taxminan 17.30lar atrofida Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi «Rovot», «Guzar», «Bog`», «Soybuyi», «Xonqo`rgan», «Yangishahar», «Yangiyul», «Qozoqovul» va «Buloqboshi» mahalla fuqarolar yig`ini hududida kuchli yog`ingarchilik oqibatida 543 xonadonni suv bosdi.
Kuchli jaladan ko`p miqdorda suv yig`ilishi oqibatida irrigasiya tizimlari chorasiz qolgan va natijada pastliklarda joylashgan aholi maskanlarida suv to`plangan. Ijtimoiy ahamiyatga ega ob`ektlar zarar ko`rmagan. Suv bosgan hududlardagi odamlarni evakuasiya qilishga hojat bo`lmagan.
Kosonsoy tumani hokimligida hokim boshqaruvida tezkor shtab tuzilib, hodisa oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan jami 42 dona texnika va 240 nafar kishi jalb etilgan.
FVV matbuot xizmati xabariga ko`ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo`q.






