18 may kuni noma`lum shaxs Farg`ona viloyatining Qo`shtepa tumanida "Marg`ilon-Oltiariq" temir yo`l bekatlari oralig`ida "Andijon-Toshkent" yo`nalishida qatnovchi yo`lovchi poezdining oynasiga tosh otgan. Natijada vagon oynasi darz ketgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida yo`lovchi poezdi oynasiga Yangi hayot MFYda yashovchi 57 yoshli X.D. tosh otganligi aniqlanib ushlandi.






