AsosiyJamiyat

Jazoir televideniyasi ramazon oyida O`zbekiston haqida ko`rsatuvlarni efirga uzatadi

'Jazoir televideniyasi ramazon oyida O`zbekiston haqida ko`rsatuvlarni efirga uzatadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi taklifiga binoan Jazoir Respublikasining “El Djazairia One” telekanali ijodkorlari o`lkamizning ziyorat turizmi borasidagi salohiyatini yoritish maqsadida shu yilning May oyi boshida O`zbekistonga tashrif buyurishgan edi.

Mehmonlar ikki hafta mobaynida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarda bo`lib, yurtimizning diqqatga sazovor erlari, tarixiy obidalarimiz, boy madaniyatimiz, milliy hunarmandchiligimiz ana`analari va o`zbek xalqi hayoti hamda haqida katta qiziqish va e`tibor bilan ko`rsatuvlar suratga olishgan edi.

Ijodkorlarning yaqinda O`zbekiston musulmonlar idorasiga bergan xabarlariga ko`ra, ana shu ko`rsatuvlar tayyor bo`lgan va O`zbekiston haqidagi turkum dasturlar Ramazon oyi tuhfasi sifatida Jazoir Respublikasining El Djazairia One telekanalida har kuni efirga uzatiladi. Eng qizig`i, ular O`zbekistonga kelishdan avval Indoneziya Respublikasida bo`lib, xuddi shu yo`nalishda ko`rsatuvlar tayyorlashgan, biroq avval O`zbekiston javohirlari haqidagi ko`rsatuvlarni efirga berishni ma`qul ko`rganliklarini aytishdi.


    Boshqa yangiliklar