AsosiyJamiyat

Hech qaerda ishlamagan shaxslar ham pensiyaga chiqishi mumkinmi. Chiqa olsa necha yoshdan chiqishi kerak?

'Hech qaerda ishlamagan shaxslar ham pensiyaga chiqishi mumkinmi. Chiqa olsa necha yoshdan chiqishi kerak?'ning rasmi

Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risidagi qonuniga asosan ish stajiga ega bo`lmagan fuqarolar va ularning oilalari davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar.

Ularning ijtimoiy ta`minlanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun zarur bo`lgan ish stajiga ega bo`lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida nizomga asosan ish stajiga ega bo`lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga etgan farzandlari, qarindoshlari yoki Oila kodeksiga muvofiq ularni ta`minlashga majbur bo`lgan boshqa shaxslar bo`lmagan taqdirda tayinlanadi.

    Boshqa yangiliklar