AsosiySiyosat

Prezident «Milana textile» korxonasi bilan tanishdi

'Prezident «Milana textile» korxonasi bilan tanishdi'ning rasmi

Davlatimiz rahbarining Andijon viloyatiga o`tgan yilgi tashrifi chog`ida Andijon tumani Xakan qishlog`ida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish loyihasi taqdim etilgan edi.

«Milana textile» mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 7 milliard so`m o`z mablag`i va «Aloqabank» viloyat filialidan olingan 2 milliard so`m kredit evaziga uch qavatli bino rekonstruksiya qilinib, Turkiya va Xitoydan zamonaviy tikuv dastgohlari keltirib o`rnatildi.

Bugungi kunda korxonada ayollar va bolalar uchun 20 turdan ortiq trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarning asosiy qismi xorijga eksport qilinishi ko`zda tutilgan.

Eng muhimi, tumandagi 200 nafardan ortiq qishloq xotin-qizlari doimiy ish o`rniga ega bo`ldi.

Davlatimiz rahbari korxona faoliyati bilan tanishdi, ishchi-xodimlar bilan muloqot qildi.

Sizlarning ko`zlaringizni ko`rib, juda xursand bo`ldim. Qiz bolaning kulgusi, hayotdan roziligi - oilaning baxti, dedi Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar