AsosiyJamiyat

Toshkentda "shapka" so`ragan avtosalon direktori va uning sherigi qo`lga olindi

'Toshkentda "shapka" so`ragan avtosalon direktori va uning sherigi qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi pora evaziga avtomobil taklif qilgan shaxslarni qo`lga olish boyicha operasiya o`tkazdi. Bu haqda Toshkent ShIIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Boshqarmaning Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan qo`lga kiritilgan ma`lumotga ko`ra, poytaxtlik ikki shaxs «Nexia-3» rusumli avtomobilni 3 ming AQSh dollari ustama haqi evaziga qisqa muddatda etkazib berishni taklif qilgani ma`lum bo`lgan. Ulardan biri bevosita shu sohaga aloqador shaxs ekanligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida talab qilingan summani olayotgan vaqtda ijtimoiy fondlardan birining ishchisi, 63 yoshli Abror.G. (ism o`zgartirilgan) hamda uning sherigi – «O`zavtotexxizmat» MChJ avtosalonlaridan birining direktori Muhammadali.U. (ism o`zgartirilgan) qo`lga olindi.

Mazkur holat bo`yicha O`zbekiston Jinoyat kodeksining 168-modda 2-qismi ("firibgarlik") va 211-modda 2-qismi ("pora berish") bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar