Bugun, 18 may kuni soat 17.40 da Surxondaryo viloyatining Qumqo`rg`on tumanidagi Elobod, Azlarsoy va Bog`or mahallalari hududi kuchli yomg`ir oqibatida suv ostida qoldi. Bu haqda FVV ma`lum qildi.
Sel kelishi oqibatida 116 xonadonda istiqomat qiluvchi 754 nafar kishi xavfsiz joyga ko`chirildi.
Ayni paytda yuzaga kelgan holatni ijobiy hal etish maqsadida Qumqo`rg`on tumani hokimi rahbarligida tezkor guruh tashkil etilgan. Guruh tarkibida favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar bo`limi, tuman kommunal xizmati va boshqa tegishli tashkilotlar kiritilib, barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilgan.
Hozircha jabrlanganlar haqida ma`lumot yo`q.






