AsosiyDunyo

Xitoyda jarlik ustida muzey o`z ishini boshladi

'Xitoyda jarlik ustida muzey o`z ishini boshladi'ning rasmi

Xitoyda o`ziga xos yangi muzey o`z ishini boshladi, deya ma`lum qilmoqda 5-tv.ru nashri.

Uning noodatiyligi shundaki, muzey binosi jarlik ustida barpo etilgan.

Guychou provinsiyasida Limeston nomli san`at muzeyi 165 metr balandlikda joylashgan. Uning norasmiy nomi esa "suzuvchi muzey"dir.U shisha devor bilan o`ralgan bo`lib, be erga kelgan odam atrofdagi barcha manzarani to`lig`icha ko`rish imkoniga ega bo`ladi.

San`at muzeyining qurilish ishlari 2017 yilning oktyabr oyida boshlangan edi. Bino xavfli hududda joylashgani uchun uni qurish jarayonida murrakab texnologiyalardan foydalanilgan. 800 metr maydonga ega binoda ko`rgazmalar zali,konfrensiya zali va boshqa xizmat ko`rsatish xonalari bor.

Muzeyda bir qator suratlar ko`rgazmasi o`tkazilishi rejalashtirilgan. Provinsiya markazidan uzoqda barpo etilgan muzeyga kelish uchun maxsus transport qatnovini yo`lga qo`iladi.

    Boshqa yangiliklar