AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura: Voyaga etmaganlar o`rtasida o`z joniga qasd qilish holatlari kamaydi

'Bosh prokuratura: Voyaga etmaganlar o`rtasida o`z joniga qasd qilish holatlari kamaydi'ning rasmi

Voyaga etmaganlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida voyaga etmaganlar o`rtasida jinoyatchilik darajasi o`tgan yilning shu davriga nisbatan 35,9 foizga (239/373) va jinoyat sodir etgan voyaga etmaganlar sonining 37,9 foizga (289/466) kamaydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qiladi.

Voyaga etmaganlar o`rtasida o`z joniga qasd va suiqasd qilishning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 01.05.2018 yil holatiga voyaga etmaganlar o`rtasidagi suisid holatlari o`tgan yilning shu davriga nisbatan 10 (163/153) taga kamaygan.

Qizlarni erta turmushga berish holatlarini oldini olish maqsadida erta turmushning salbiy oqibatlari va qonunchilikda belgilangan javobgarlik xususida 1.447 ta targ`ibot tadbirlari o`tkazilib, 107 ta holatda erta turmush qurishning oldi olingan, 3 ta erta turmush qurish holati aniqlanib, 7 nafar aybdor shaxslar ma`muriy javobgarlikka tortilgan.

    Boshqa yangiliklar