Endi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi paxta tozalash korxonalarida ham davlat nazoratini amalga oshiradi.
“O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to`g`risida nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar beradi.
Mazkur o`zgartirish va qo`shimchalarga ko`ra, Bosh boshqarma paxta tozalash korxonalarida ham davlat nazoratini amalga oshiradi.
Xususan, endilikda qabul qilingan paxta xomashyosi va uni qayta ishlashdan olingan tayyor mahsulotlar harakati hisobi va hisobotlari haqqoniyligi, qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilaridan qabul qilingan paxta xomashyosi uchun amalga oshirilgan yakuniy hisob-kitoblarning to`g`riligi yuzasidan ham nazorat olib boriladi.






