AsosiyJamiyat

Samarqandda avtobuslarda to`lov uchun plastik kartalar joriy etilyapti

'Samarqandda avtobuslarda to`lov uchun plastik kartalar joriy etilyapti'ning rasmi

Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand shahridagi avtobuslarda yangi to`lov turi yo`lga qo`yildi, deb xabar bermoqda viloyat nashri.

Bunda manziliga etgan yo`lovchi avtobus eshigi oldiga o`rnatilgan “Validator” maxsus apparatiga plastik kartasini tekizib, tushib ketaveradi.

"Hozircha 6, 12, 14, 32, 41, 61, 67, 71-yo`nalishlarida qatnovchi 70 ta avtobusda sinov tariqasida yo`l kira maxsus plastik karta orqali to`lanmoqda", – deydi O`zbekiston avtomobil transporti agentligi viloyat boshqarmasi mutaxassisi Farxod Norqoraev.

Maxsus plastik kartalar Samarqand shahridagi jeton sotish shoxobchalarida sotilmoqda.

Ushbu plastik kartaga avvaldan pul o`tkazish lozim bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar