O`zbekiston Prezidentining AQShga tashrifi chog`ida O`zbekiston va AQSh kompaniyalari o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi bitimlar imzolandi.
Xususan, “BMB Trade” (O`zbekiston) va “Silverleafe Capital” Amerika kompaniyasi o`rtasida Jizzax viloyatida agroskustrassiyani yaratish to`g`risida bitim imzolandi.
“BMB Trade” mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori Behzod Mamatqulov “Uzbekistan Today” bilan suhbatda ushbu loyiha haqida so`zlab berdi:
– Loyiha doirasida Jizzax viloyatida zamonaviy agrosklaster yaratiladi. Birinchi bosqich 2019 yilda Arnasoy va Mirzacho`l tumanlarida, ikkinchi bosqichda – Do`stlik va Paxtakor tumanlarida 2020 yilga qadar amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida qo`shma korxona tashkil etish rejalashtirilmoqda. Klaster faoliyatining asosiy yo`nalishi – paxta tozalash korxonalarini tashkil etish, paxta va paxta tolasini qayta ishlash stansiyalari uchun zamonaviy qabul qilish markazlarini qurish, shuningdek, yog`-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`limi hisoblanadi.
Shuningdek, to`qimachilik komplekslari, sut, go`sht va tuxum ishlab chiqarish, zamonaviy issiqxona kompleksi tashkil etiladi.
Umuman olganda, agroklaster tizimi paxta etishtirishdan tayyor mahsulotni ishlab chiqarishgacha bo`lgan jarayonni o`z ichiga oladi. Shunday qilib, paxta etishtirishga yangi innovasion texnologiyalar kiritiladi.
Biz tasodifan Amerikani tanlamadik, Amerika Qo`shma Shtatlaridagi Tennesi shtati paxta etishtiriladigan eng yirik hududlardan biri hisoblanadi. Va biz ularning zamonaviy texnologiyalarining eng eng yangi texnologiyalarni o`zimizda qo`llanishi choralarini ko`ramiz.
Loyihaning qiymati – 350 million AQSh dollarini tashkil etadi.






