AsosiyDunyo

Germaniya: bir tonna giyohvand moddalar qo`lga olindi

'Germaniya: bir tonna giyohvand moddalar qo`lga olindi'ning rasmi

Germaniya polisiyasi umumiy vazni bir tonnaga teng bo`lgan kokain moddasini aniqladi, deya ma`lum qilmoqda Rambler nashri.

Olib borilgan tezkor operasiya davomida Ekvadordan mamlakatga noqonuniy yo`llar bilan olib kirilgan kokain moddasi qo`lga olindi. U bananlar konteyneri orasiga joylashtirilgan ekan. Jinoyatchilar ularni kilogramlarga bo`lib quti ostiga yashirishga urinishgan. Ular supermarket va do`konlarga tarqatilishi rejalashtirilgan edi. Ma`lumotlarga ko`ra, yukni Alban fuqarolari Germaniyaga olib kirgan.

Jorj Beyser:

– Biz bu kokain Janubiy Amerikadan kelganini aniq bilamiz. Jinoyatchilarning 12 nafari ham Alban fuqarolaridir. Ularning barchasi qo`lga olingan.

Olingan xabarlaga ko`ra, Gamburgga olib kelingan giyohvand moddalarning ayrim qismi Germaniya orqali Evropaning boshqa mamlakatlariga ham jo`natilishi rejalashtirilgan. Hukumat Evropaga olib boradigan barcha yo`llarni qattiq nazorat qilishni boshladi.

    Boshqa yangiliklar