Kongo Demokratik Respublikasiga Ebolo vaksinasining birinchi partiyasi etib keldi, deya xabar berdi Segodnya nashri.
4000 dona eksperimental vaksina Jahon Sog`liqni Saqlash Vazirligi tomonidan yuborilgan.
Ebolo hozirga qadar Kongoda 23 nafar kishini o`limiga sabab bo`lgan. Mamlakat poytaxti Kinshasa shahriga etib kelgan birinchi partiya ebolaga qarshi vaksina yordamida odamlarni emlash ishlari boshlandi. Hozirda shimoliy hududlarda ushbu kasallik keng tarqalib bormoqda. Sog`liqni saqlash vazirligi yana 31 ta holatni aniqlagan. Yana 100 dan ortiq inson kasallikda gumon qilinmoqda.
Olya Ilunga:
– Emlash jarayonini tezroq amalga oshirish zarur. Uyma-uy yurib odamlarni ro`yxatga olmoqdamiz. Bu hozircha ommaviy emlash emas. Vaksina soni cheklangan. Shu tufayli biz ishni kasalik tarqagan uy yoki hudud yaqinida yashovchilardan boshlaymiz.
Ma`lumotlarga ko`ra, 2014 yildan buyon ebola virusi tufayli Gvineya, Liberiya, Sierra-Leone va Kongo kabi davlatlarda jami 11,300 kishi hayotdan ko`z yumgan. Jahon Sog`liqni Saqlash tashkiloti G`arbiy Afikaga xavf solayotgan ushbu virusga qarshi yuborilgan vaksina samarali ta`sir ko`rsatishiga umid qilishmoqda.






