O`zbekistonda ilk marotaba 5 mingdan ortiq bolalar ishtirokida baxtli bolalik paradi bo`lib o`tadi.
“Kamalak” bolalar tashkiloti va Sardorlar kengashlari a`zolari tomonidan o`quv yili davomida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish, sardorlarning bilim va ko`nikmalarini oshirish, ilg`or tajribalarini ommalashtirish va qo`llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 19-24 may kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan “Lochin” bolalar sog`lomlashtirish oromgohida “Vatan, do`stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostida O`zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlarining anjumani doirasida ilk marotaba O`zbekiston bolalarining paradi tashkil etiladi.
“Vatan, do`stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostidagi bolalar paradi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Oqsaroy majmuasi Amir Temur xiyobonida o`tkaziladigan bolalar paradida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar delegasiyalaridan 800 nafar iqtidorli, namunali xulqi bilan tengdoshlariga o`rnak bo`layotgan O`zbekistonga sadoqat bilan xizmat qilishga tayyor bo`lgan “Ittifoq” va “Kamalak” sardorlari hamda qashqadaryolik 5 mingdan ortiq o`quvchi yoshlar ishtirok etadi.
“Vatan, do`stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori O`zbekiston bolalarini baxtli bolalik sari etaklaydi.






