16 may kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma`lumotga asosan, shu kuni soat 06:30 larda Chiroqchi tumani, “Mirzato`q” MFY, “Sariqqamish” qishlog`ida kuchli yomg`ir natijasida sel oqimi yuzaga kelgan.
Favqulodda vaziyat oqibatida 5 nafar inson xalok bo`lgan, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
Eslatib o`tamiz, 13-14-15 may kunlari yoqqan uzluksiz yomg`ir (jala) oqibatida viloyatning Kitob, Chiroqchi, Yakkabog` va Dehqonobod tumanlarida bir necha bor sel toshqinlari kuzatilgan edi.






