AsosiyDunyo

Vladimir Putin Qrim ko`prigining ustidan “KamAZ” avtomobilini haydab o`tdi

'Vladimir Putin Qrim ko`prigining ustidan “KamAZ” avtomobilini haydab o`tdi 'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrimva Rossiyani bog`lovchi yo`lning ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar berdi Vesti Ru nashri.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim ko`prigining avtomobillar uchun mo`ljallangan qismidan “KamAZ” rusumli avtomobilni boshqarib o`tdi va ko`prkikni rasman ochiq deb e`lon qildi. U 19 kilometrli ko`prik bo`ylab, 16 daqiqa harakatlanib, Qrimga etib bordi. Vladimir Putin uni kutib olgan ishchilar guruhiga o`z minnatdorchiligini bildirdi.

“Mazkur ko`prikning ochilishi tarixiy voqeadir. Barchangizni bu tarixiy kun bilan tabriklayman. Chunki, turli davrlarda, podshohlar davrida ham odamlar bunday ko`prik qurilishini orzu qilishgan. O`tgan asrning 30- 40-yillarida ham bu masala ko`tarilgan. Mana nihoyat, sizning mehnatlaringiz evaziga loyiha amalga oshdi, mo``jiza ro`y berdi. Biz bundan keyin ham butun mamlakat bo`ylab shunday loyihalar ustida ishlashda davom etamiz”, dedi Vladimir Putin.

Mazkur loyihaga $ 3.60 milliard miqdorida mablag` sarflangan. Kerch bo`g`ozidan o`tgan yangi ko`prik Rossiya va Qrimni bog`lovchi eng qisqa yo`lga aylandi. 2019 yilda esa loyihaning davomi bo`lgan temir yo`l liniyasi ham qurib bitkaziladi. Marosimnihoyasiga etgach, ko`prik avtomobillar harakati uchun to`liq ochildi.

    Boshqa yangiliklar