AsosiyDunyo

Hindistonda baxtsiz hodisa tufayli 18 kishi qurbon bo`ldi

'Hindistonda baxtsiz hodisa tufayli 18 kishi qurbon bo`ldi'ning rasmi

Hindistonda qurilish ishlari olib borilayotgan maydonda estakada qulab tushishi oqibatida 18 kishi hayotdan ko`z yumdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Mazkur voqea Hindistoning Varanasi shahridasodir bo`ldi. Hududda qurilayotgn estakada kutilmaganda qulab tushdi. 20 nafardan ortiq odam vayronalar ostida qolib ketganligi tufayli 16 nafar inson qurbon bo`lgan va bir necha odam jarohat olgan. Barpo etilayotgan estakadaning balandligi 20 metrbo`lgan.

“Men voqea joyidan taxminan 50 metr narida edim. Kutilmaganda portlashga o`xshash ovoz eshitildi. Avvaliga nima bo`layotganini tushunmay qoldim. O`zimga kelgach, ko`pchilik qatori odamlarga yordam berish uchun shoshildim”, dedi voqea guvohlaridan biri bo`lgan Varindir Gri.

Qulash sabablari hozircha ma`lum emas. Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi qurbonlarning oila a`zolariga 7400 AQSh dollaridan, jabrlanganlarga esa 3000 AQSh dollarimiqdorida tovon puli to`lanishini ma`lum qildi.

Varanasi shahri aholi engzich joylashgan hudud hisoblanadi. Tirbandliklarni kamaytirish uchun shaharga ko`plab estakadalar zarur.

    Boshqa yangiliklar