AQSh hukumatining «Grin kard» yoki «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi» lotereyasi natijalari e`lon qilindi.
Qatnashchilar 16 may kunidan o`zlarining arizalari ro`yxatga olinganini tasdiqlovchi qog`ozlaridan foydalanib, natijalarni https://www.dvlottery.state.gov/ saytiga kirib, ro`yxatdan o`tganlik haqidagi raqam (kod), familiya va tug`ilgan yili haqidagi ma`lumotlarni kiritish orqali tekshirishlari mumkin.
Eslatib o`tamiz, DV-2019 uchun elektron ariza topshirish davri 2017 yil 18 oktyabrda boshlanib, 2017 yil 22 noyabrda tugagan edi.






