AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura: prokuratura organlarining sobiq hodimlariga nisbatan jinoyat ishi ko`zg`atilmagan

'Bosh prokuratura: prokuratura organlarining sobiq hodimlariga nisbatan jinoyat ishi ko`zg`atilmagan'ning rasmi

Internet tarmog`ida muqaddam tuman prokurori katta yordamchisi bo`lib ishlagan shaxs poytaxt fuqarosi va “Turkiston” banki xodimlarining jinoyat ishlari bo`yicha masalalarini hal qilib berishni va`da qilganligi xaqida xabar tarqalgan. Shuningdek, materialda u 700 ming AQSh dollari pora sifatida olinganligi qayd etilgan.

Hozirgi kunda yuqoridagi holat bo`yicha 2013 yilda XOATB “Turkiston bank” xodimlariga nisbatan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov qilingan jinoyat ishi doirasida qo`llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasini o`zgartirib berish uchun 300 ming AQSh dollarini aldov va ishonchni suiste`mol qilish yo`li bilan olganligi yuzasidan bir guruh shaxslarga nisbatan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura xabariga ko`ra, ushbu jinoyat ishi bo`yicha gumon qilinuvchilar mansabdor shaxslar hisoblanmaydi va xech qanday xizmat mavqeiga ega emas.

Toshkent viloyati Nurafshon shahar prokuraturasining ish yurituvida prokuratura organlarining sobiq hodimlariga nisbatan ko`zg`atilgan jinoyat ishi mavjud emas.

Tergov siri nuqtai nazaridan jinoyat ishi bo`yicha boshqa ma`lumotlar hozirda oshkor qilinishi maqsadga muvofiq emas.

    Boshqa yangiliklar