AsosiyDunyo

Melaniya Tramp jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi

'Melaniya Tramp jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi'ning rasmi

14 may kuni AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp milliy-harbiy tibbiyot markazida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi, deb xabar bermoqda CNN.

"Bugun ertalab Melaniya xonimda bo`yrak embolizasiyasi muolajasi o`tkazildi. Jarrohlik hech qanday asoratlarsiz o`tdi ", - deya ma`lum qildi birinchi xonimning matbuot kotibi Stefani Grishem.

Uning aytishicha, prezident rafiqasi bir hafta davomida kasalxonada bo`ladi.

Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida: "Jarrohlik yaxshi o`tdi, Milaniya o`zini yaxshi his qilmoqda", deb, barcha shifo tilaganlarga o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Yaqinda Melaniya Tramp 48 yoshni qarshi olgan edi.

    Boshqa yangiliklar