AsosiyJamiyat

15-16 may kunlari Toshkentning ayrim hududlarida sovuq suv bo`lmaydi

'15-16 may kunlari Toshkentning ayrim hududlarida sovuq suv bo`lmaydi'ning rasmi

UK "Suvsoz" shaxar suv ta`minoti tizimi, abonentlarini, 15-16 may kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha suv bosimi pasaytirilishi va suv ta`minoti tarmoqlarida sovuq suvning o`chirilishi to`g`risida xabar qiladi.

Suvning uchirilishi Yashnobod tumani, Ohangaron yo`li, Qorasuv ko`chasida yangi metro liniyasi qurilishi bilan bog`liq bo`lib, 1400 mm diametrli suv o`tkazgichni qayta ishlash rejalashtirilgan.

Suv quyidagi manzillar bo`yicha o`chiriladi:

Yashnobod tumani: “Ma`rifat”, “Boysun”, “A.Yassaviy”, “M.Ashrafiy”, “Jo`rabek”, “Beshbola”, “Jarqo`rg`on”, “Shirinobod”, “Maxmur”, “Alimkent”, “Ko`ksaroy”, “Parvoz”, “Aviasozlar”, “Dilbog`”, “Birlashgan”, “Yashnobod”, “Iltifot”, “Xosiyat”, “Beshariq”, “Navro`zobod” mahallalari.

Tashkilotlar: 7-savdo markazi, M.Ashrafiy ko`chasi, 106-uyda joylashgan tegirmon kombinati, M.Ashrafiy ko`chasida joylashgan muzqaymoq sexi, Farg`ona yo`li ko`chasida joylashgan Tufin bazasi, Kadisheva bozori, Lok-bo`yoq zavodi, Temiryo`l prokuraturasi, 4-shahar shifoxonasi, Xobos tapo zavodi.

Mirobod tumani: “Oltinko`l”, “Qorasuv”, “Sarako`l”, “Fitrat”, “Navbahor”, “Yangizamon”, “Istiqlol”, “Furqat”, “Navro`z”, “Birodarlik”, “Temiryo`lchilar” mahallalari.

Sergeli tumani: “Choshtepa”, “Saadi”, “Qumariq”, “Aviasozlar” ko`chalari.

Yakkasaroy tumani: “Boshliq”, “Qushbegi” mavzelari va “Bobur" ko`chasidagi 46/1, 46/2, 46/3, 61, 63, 67, 69, 71, 81/1, 81/2, 81/3, 81/4 sonli ko`p qavatli uylar.

Suvning bosimi quyidagi manzillarda pasayishi kutilmoqda:

Sergeli tumani: Aeroport.

Yakkasaroy tumani: AK Toshkent issiqlik va elektr stansiyasi.

DUK “Suvsoz” suv ta`minotidagi uzilishlar uchun uzr surab, suv yo`q joylarga avto suv tashuvchilar yordamida suv yuborilishini ta`kidlaydi.

Murojaat uchun telefonlar:

Yashnobod tumani: 296-24-32; 294-52-62.

Sergeli tumani: 258-96-32; 258-36-42.

Yakkasaroy tumani: 255-05-50; 255-26-76.

Mirobod tumani: 290-04-91; 292-02-78

    Boshqa yangiliklar