AsosiyJamiyat

Bo`zsuv kanali bo`yida ayol kishining jasadi topildi

'Bo`zsuv kanali bo`yida ayol kishining jasadi topildi'ning rasmi

2018 yil 14 may kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi «O`zbekgidroenergo-1» AJ hududidan oqib o`tuvchi yuqori Bo`zsuv kanali bo`yida ayol kishining jasadi topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Belgilari: yoshi taxminan 25-30 yosh, bo`yi — 167-169 sm. Alohida belgilari yo`q. Tananing bo`ynidan qora teri tasmali uchburchak shakldagi yorqin kulrang klon temir taqinchoq; qizil bantikli mato zakolka (rezina); qo`lida binafsha rangli manikyur aniqlangan.

Ushbu belgilar tanish bo`lganlardan «102» raqamiga qo`ng`iroq qilishlari yoki yaqin atrofdagi IIBga xabar berishlari so`raladi.

    Boshqa yangiliklar