“Yovuzlik makoni” va “Beshinchi unsur” filmlari yulduzi Milla Yovovich yangi kinoloyihani amalga oshirmoqchi deya xabar bermoqda Rambler nashri.
Aktrisa Milla Yovovich va uning turmush o`rtog`i rejissyor Pol Anderson yangi loyiha ustida ish olib borishmoqchi. “Yovuzlik makoni” franshizasi o`z nihoyasiga etgach, ikkovlon Monster Hunter videoo`yinining ekranizasiya ustida o`z ishlarini boshlaydilar.
Bosh rolni Milla Yovovich ijro etadi, kartina rejissyori – Pol Anderson.
Film syujetiga ko`ra, bosh qahramon qiz garchi oddiy odamlardan farqi bo`lmasa-da, tomirlarida kuchli ajdodlar qoni oqadi. Shunday qilib bosh qahramon fantastik olamda o`z mahluqlarni engishni o`rganishi lozim bo`ladi.







