AsosiyJamiyat

Germaniyaning etmishdan ortiq kompaniyasi vakillari O`zbekistonga tashrif buyuradi

'Germaniyaning etmishdan ortiq kompaniyasi vakillari O`zbekistonga tashrif buyuradi'ning rasmi

Joriy yilning 15-16 mart kunlari Germaniya-O`zbekiston ishbilarmonlik kengashida ishtirok etish uchun Germaniya Federativ Respublikasining ishbilarmon doirasi tashrif buyuradi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Tashrif doirasida ikki davlat ishbilarmonlari ishtirokida biznes forum va kooperasion birja o`tkazish rejalashtirilgan.

Delegasiya tarkibidan Germaniyaning qurilish materiallari, qishloq xo`jaligi mashinasozligi, avtomobil, kimyo va elektrotexnika sanoati, bank sektori, turizm, xizmat ko`rsatish va boshqa sohalarida faoliyat yuritayotgan 70 dan ortiq kompaniyasi vakillari o`rin olgan.

    Boshqa yangiliklar