AsosiyDunyo

Qirg`izistonda sharros quyg`an yomg`ir tabiiy ofatlarga sabab bo`ldi (Video)

'Qirg`izistonda sharros quyg`an yomg`ir tabiiy ofatlarga sabab bo`ldi (Video)'ning rasmi

Qirg`izistonning bir necha joylarida tinimsiz yoqqan jala tufayli suv toshqinlari yuz berdi, deya xabar qilmoqda 5-tv.ru nashri.

Loyqa suvlar Laylak tumanidagi 4 kilometrli yo`lni yuvib ketgan.

Chimgen qishlog`ida ikkita uy suv tagida qolgan, Isfana shahrida bir uyni suv olib ketgan.

Ak-Suuda jala tufayli 4 bosh qoramol yo`qolgan, qishloq butunlay elektr ta`minotisiz qolgan.

Tabiiy ofat yuz bergan zonada energetika xizmati va VVV xodimlari ish olib borishmoqda.


Boshqa yangiliklar