Indoneziyadagi Yava orolida joylashgan cherkovlardagi portlashlar oqibatida halok bo`lganlarning soni to`qqiz nafarga etdi, 40 kishining jarohatlangani aytilmoqda.
Jakarta Globe mahalliy gazetasining yozishicha, 13 may, yakshanba kuni ertalab Sharqiy Yavadagi uchta cherkovda bomba portlagan. Polisiya o`zini o`limga mahkum etgan terrorchilardan birining halok bo`lganini tasdiqlagan.
Birinchi portlash Surabaya shahridagi Avliyo Mariya katolik cherkovi yonida, mahalliy vaqt bilan ertalabki 7.15 da, keyingilari esa 5 daqiqalik oraliq bilan ketma-ket sodir bo`ldi. Ikkinchi portlash Jalan Diponegoro protestant cherkovida, uchinchisi esa Arjuno ko`chasidagi cherkovda qayd etildi.
Hujum qilganlar cherkov hizmatchisi sifatida kiyingan va ibodat paytida cherkov ichida bo`lgan. Mahalliy polisiya ma`lumotiga qaraganda, portlovchi qurilma shu joyning o`zidan harakatga keltirilgan. Hodisa joyida surishturuv ishlari davom etmoqda.
14.05.2018 04:36
Indoneziyadagi cherkovlarda ro`y bergan portlashlar sababli to`qqiz kishi halok bo`ldi






