Qo`shni Qozog`iston Respublikasida muqaddas Ramazon oyi boshlanadigan sanasi aniq bo`ldi. Bugun, bosh muftiy tomonidan Qozog`iston xalqiga videomurojaat yo`llandi.
Unda, Qozog`istondagi astronomik tadqiqotlar bilan shug`ullanuvchi idoralar ma`lumotlariga asoslanib, 17 may sanasi Ramazonning birinchi kuni ekani ma`lum qilindi.
"Bu yilgi Ramazon ro`zasining boshlanish sanasi barcha qo`shni davlatlarda bir kunga belgilangani qo`shni respublikalar ulamolarining o`zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ijobiy samarasi, deb aytish mumkin", - deyiladi diniy idora xabarida.
Avvalroq, qo`shni Tojikistonda ham Ramazonning 17 may kuni boshlanishi ma`lum qilingan edi.






