AsosiyJamiyat

O`zMTRK saharlik va iftorlik paytida​ Qur`oni karim ​​tilovatini efirga uzatadi

'O`zMTRK saharlik va iftorlik paytida​ Qur`oni karim ​​tilovatini efirga uzatadi'ning rasmi

O`zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Ramazon oyi munosabati bilan O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va Ma`rifat» telekanali Diniy idora bilan hamkorlikda «Qur`oni karim ma`rifati» nomli yangi ko`rsatuvni efirga uzatishni rejalashtirmoqda. Hozirda ushbu ko`rsatuvni tasvirga olish jarayonlari jadal davom etmoqda.

Ushbu ko`rsatuvni bir oy davomida, har kun, saharlik va iftorlik paytida tomosha qilishingiz mumkin. Alloh kalomiga bo`lgan muhabbatimizni ziyoda qilsin, ushbu ko`rsatuv barchamizga muborak bo`lsin.

    Boshqa yangiliklar