Shohmot bo`yicha amaldagi jahon chempioni norveg Magnus Karlsen BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida bir vaqtning o`zida 15 partiya o`yinda qo`li baland kelishi uchun 17 daqiqa kifoya qildi, deya yozmoqda News.day.az nashri.
O`yinda tashkilotning Rossiya, Chexiya, Baxrayn, AQSh, Afg`oniston, Malayziya, Livan, Fiji, Filippin va Shvesiya vakillari qatnashishdi.
Karlsen raqiblarini yarim soatda dog`da qoldiradi, deb taxmin qilingan edi, ammo grossmeysterga 17 daqiqagina kifoya qildi.






