Halol yo`l bilan topilmagan boylik hech kimga vafo qilmaydi. Bir nafar farzandning onasi B.Isaeva shu haqiqatni afsuski, kech anglab etdi. U ayol nomiga dog` tushiradigan nopok ishni kasb qildi va odam savdosi jinoyatiga qo`l urdi.
Qariyb o`n yil davom etgan uning bu jinoiy faoliyatiga sheriklari M.Kamolova, Sh.Nurillaev, S.Nurillaev, M.Rahmonova va N.Mamarahimovalar yaqindan ko`mak berdi. Bu jinoiy guruh ayollarni aldov yo`li bilan Tailand davlatiga olib borib, majburan fohishalik bilan shug`ullantirgan va shu orqali moddiy boylik orttirgan.
B.Isaevaga yo`l va turarjoy xarajatlari bilan ta`minlaganligi uchun 8-10 ming AQSh dollaridan ishlab berib, so`ngra o`zlarining ehtiyojlari uchun ishlaganliklarini tasdiqlagan.
Sudlanuvchi B.Isaeva ochiq sud majlisida aybiga to`liq iqror bo`lib, haqiqatan ham 2006 yildan boshlab Tailand davlatining Bangkok shahriga ishlash uchun borib kelganligini tasdiqladi. 2007-2008 yillarda o`ziga Bangkok shahridan ijaraga xonadon olganligini va bu uyda O`zbekiston Respublikasidan kelgan qizlarni ijaraga qo`yganligini, ularga bu erda fohishalik bilan shug`ullanish uchun sharoit yaratib berganligini tan oldi.
B.Isaeva hamda uning jinoiy sheriklariga sud hukmi bilan qonuniy jazo tayinlandi, deb yozadi "Zarafshon" nashri.






