AsosiyDunyo

Marokashda 3 ta turar joy binosi quladi

Marokashning Kasablanka shahrida 3 ta turar joy binosi qulashi oqibatida 4 kishi halok bo`ldi, 55 kishi jarohatlandi, deya xabar beradi “ITAR-TASS”.

Ma`lumotlarga ko`ra, turar joy binolarining qulashiga pastki qavatlardagi o`zboshimchalik bilan amalga oshirilgan ta`mirlash ishlari sabab bo`lgan bo`lishi mumkin.  Hozirga kelib, qutqaruvchilar vayronalar ostidan to`rt kishining, shu qatorda bir ayol va bolaning jasadini olib chiqishdi.  

O`t o`chiruvchilar 55 kishini evakuasiya qilishga yordam berishdi, ulardan 40 nafari shifoxonaga etkazildi. 

    Boshqa yangiliklar