AsosiyDunyo

Moskvada jahon chempionati oldidan futbol tarixiga oid ko`rgazma ochildi

'Moskvada jahon chempionati oldidan futbol tarixiga oid ko`rgazma ochildi'ning rasmi

Rossiya futbol bo`yicha 2018 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom etirmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Poytaxt Moskva shahrida chempionatoldidan"Not Only Football" nomli ko`rgazma ochildi.

Moskvadagi Tretyakov galereyasidao`z ishini boshlagan ko`rgazmada futbol tarixiga oid suratlar, haykallar namoyish etilmoqda. Sport muxlislari va futbol tarixiga qiziqqanlar bu erda o`zlariga kerakli ma`lumotlarga ega bo`lishlari mumkin. To`plamlar turnirni tomosha qilish uchun mamlakatga keladigansayyohlar e`tiborini tortishi kutilmoqda.

Zalga kirgan odam butunlay o`zini futbol olamida his qiladi. Haykallarda darvozabon va futbolchining erkin parvoz qilayotgani tasvirlangan. XX asr futboli bilan yaqindan tanishish imkoni ham bor. Bir so`z bilan aytganda, ko`rgazma sportni san`at deb biladiganlar uchun mo`ljallangan.

Ko`rgazma 15 maydan boshlab barcha uchun bepuldir. Rossiyada chempionatni yuqori darajada o`tkazish va mamlakatga keluvchichet el fuqarolariga sifatli xizmat ko`rsatish maqsadida barcha choralar ko`rilmoqda. Xususan, kelgan har bir kishiga maxsus kartalar beriladi. 14 iyundan 15 iyulga qadar bo`lib o`tadigan jahon chempionati Rossiyaning 11 ta shahridagi 12 ta stadionda bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar