O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug`i bilan Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji rahbariyatida o`zgarish yuz berdi.
Shu paytga qadar kollejga rahbarlik qilib kelgan Jasur Akramov o`z arizasiga ko`ra lavozimidan ozod etildi.
Uning o`rniga O`zbekiston Professional futbol ligasi direktorining o`rinbosari sifatida ishlab kelgan Mirsardor Alimov vaqtinchalik direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda MOQ.
Tabiiyki, yangi rahbar oldiga Milliy olimpiya qo`mitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ma`lum talablar qo`yildi. Unga ko`ra qisqa vaqt ichida Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji faoliyatini tubdan takomillashtirish, ishlarni samarali tashkil etish, qabul kvotasi va mezonlarini qayta ko`rib chiqish, o`quv-mashg`ulotlar bazasini talab darajasiga keltirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalasida rahbariyatga aniq takliflar kiritish, bu borada mukammal tizim yaratish va uni tatbiq etish bo`yicha M. Alimovga aniq ko`rsatma va topshiriqlar berildi.






