10 may kuni Xorazm viloyatining Urganch tumanida ikkita avtomashina yong`indan zararlandi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
"K.J.ni uyi oldida joylashgan garajda yong`in sodir bo`lgan. Yong`in oqibatida “Volkswagen” va “Matiz” rusumli avtomashinalar yonib zarar ko`rgan", - deyilgan xabarda.
Jarohat olganlar yo`q.






