Toshkent shahar bojxona boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, «Bosh pochtampt» TIF bojxona postida Niderlandiya davlatidan poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaro M.B. nomiga yuborilgan pochta jo`natmasi bojxonachilar tomonidan nazoratdan o`tkazilganda pochta jo`natmasi ichida deklarasiyalanmagan to`q sariq rangli odamcha shaklidagi tabletkalar borligi aniqlandi.
Ushbu tabletkalar tegishli tartibda ekspertizadan o`tkazilganda, ular sof og`irligi 140,63 gramm bo`lgan sintetik giyohvandlik moddasi ekanligi ma`lum bo`ldi.








