AsosiyDunyo

Tinch okeanida tonnalab “kokain” ushlab qolindi

'Tinch okeanida tonnalab “kokain” ushlab qolindi'ning rasmi

Tinch okeanining sharqiy qismida fevral oyidan aprel o`rtalarigacha davom etgan amaliyotlar chog`ida AQSh Sohilni qo`riqlash xizmati jami olti tonna “kokain”ni ushlab qoldi.

Giyohvandlik moddasi ortilgan kemalar soni oltita bo`lganligi, ular Meksika hamda Markaziy va Janubiy Amerika sohillarida qo`lga olingani xizmat hisobotida ma`lum qilingan.

Xabarda qayd etilishcha, “qora bozor”da qiymati 180 millionga teng olti tonna “kokain” Fort-Loderdeyl portida yuklanib, yo`q qilish uchun jo`natib yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar