AsosiyDunyo

Eron Isroilning Suriyaga uyushtirgan raketa hujumini qoralaydi

'Eron Isroilning Suriyaga uyushtirgan raketa hujumini qoralaydi'ning rasmi

Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Bahrom Qosimiy bayonot berdi.

“So`nggi kunlarda Isroilning bir necha marotaba Suriya hududi bo`ylab yo`llagan raketa zarbalari va mamlakat suverenitetini qo`pol ravishda buzgani tajovuzkor harakatdir” degan u.

Bahrom Qosimiyning so`zlariga ko`ra sionistik rejimning asossiz bahonalar bilan raketa hujumlarini uyushtirayotganiga dunyo hamjamiyati jim turibdi. Bu esa Isroilga “yashil chiroqdek” ta`sir qilmoqda.

Eslatib o`tamiz, o`tgan kunlarda Isroil Golan tepaliklari hujumga uchraganini vaj qilib, Suriya hududidagi Eronning “Al-Quds” tuzilmasiga tegishli o`nlab xarbiy ob`ektlariga zarbalar bergan edi.

    Boshqa yangiliklar