AsosiyDunyo

Oq uy: AQSh va KXDR sammiti uchun Singapur xavfsiz joy

'Oq uy: AQSh va KXDR sammiti uchun Singapur xavfsiz joy'ning rasmi

Tarixda ilk bor o`tkazilishi rejalashtirilayotgan Amerika Qo`shma Shtatlari va Shimoliy Koreya xavfsizlik sammitiga Singapur davlati mezbonlik qiladi.

Bu haqda TASSga Oq uy Xavfsizlik kengashi vakili ma`lum qilgan.

Qayd etilishicha, sammitni o`tkazish joyi haqidagi tashabbus Vashington tomonidan chiqqan. Aynan Singapur tanlanganiga esa mazkur davlatning uchta o`ziga xos afzalligi: xavfsizlik, xolislik (Singapur maqomi), qulay joylashuv sabab bo`lgan.

Hozircha oliy darajadagi sammit necha kun davom etishi, AQSh va KXDR delegasiyalari a`zolari soni, tarkibiga oid ma`lumotlar aniq emas.

Eslatib o`tamiz, AQSh rahbari Donald Tramp kecha "Twitter" da Kim Chen In bilan shu yilning 12 iyunida Singapurda uchrashishini ma`lum qildi. Ungacha ikki davlat sammiti Shimoliy va Janubiy Koreya o`rtasidagi Pxanmunjom chegara punktida o`tkazilishi mumkin, degan ehtimol ham bor edi.

    Boshqa yangiliklar