AsosiySport

JCh-2014. Braziliya-Gollandiya uchrashuvini boshqaradigan hakam nomi ma`lum bo`ldi

Jazoirlik Jamol Xaymudi boshchiligidagi hakamlar brigadasi Braziliya hamda Gollandiya o`rtasidagi Jahon chempionatining uchinchi o`rin uchun kechadigan uchrashuvini boshqaradi.

Uchrashuv shanba kuni 01:00 boshlanadi. 43 yoshli hakam uchun bu musobaqadagi to`rtinchi o`yin bo`ladi.  Bunga qadar Jamol Xaymudi Avstraliya-Gollandiya (2:3), Kosta-Rika-Angliya (0:0) va 1/8 finalning AQSh-Belgiya uchrashuvlarini boshqargan.

Xaymudi uchinchi o`rin uchun o`yinni boshqaradigan ilk afrikalik hakam bo`ladi.

Final uchrashuvini boshqarishga esa asosiy da`vogar sifati o`zbekistonlik Ravshan Ermatov  ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar