Joriy yilning 7 may kuni Sirdaryo tumanida H.X. Bunyodkor mahallasi hududida joylashgan “Trans-kuch-servis” MChJga qarashli avtomashinalarga gaz quyish shoxobchasida gaz balloni portlab ketgan.
"Boshqaruvdagi “Neksiya” rusumli avtomashinaga gaz to`ldirayotgan vaqtida gaz balloni yorilib ketgan. Natijada avtomashina texnik shikastlangan. Jarohat olganlar yo`q", - deyilgan O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan berilgan xabarda.






