AsosiyDunyo

Britaniyada shahzodaning to`yi munosabati bilan legodan qasr barpo etildi

'Britaniyada shahzodaning to`yi munosabati bilan legodan qasr barpo etildi'ning rasmi

Buyuk Britaniyada qirollik oilasida kutilayotgan nikoh to`yi arafasida legodan qasr barpo etildi, deb xabar berdi 5-tv.ru nashri.

Xabarlarga ko`ra, u to`y marosimining maketi hisoblanadi.

Shahzoda Garri va uning qallig`i Megan Marklning nikoh to`yi munosabati bilan marosim bo`lib o`tadigan Vindzor qasri, lego donalaridan yaratildi. Bu qirollik to`yining miniatyura modeli hisoblanadi. Lego qasrda to`y kuni keladigan mehmonlar joylashuvi va kelin-kuyovning kirib kelish jarayoni ham tasvirlangan.

Undagi har bir detal va ko`rinish to`y kuni xuddi shu tarzda bo`lib o`tadi. Qasr maketini yaratish uchun 60 ming dona lego donalaridan foydalanilgan. Loyiha ustida 11 ta mutaxassisdan iborat guruh ish olib bordi. Jarayon esa deyarli bir oy davometdi.

Eslatib o`tamiz, to`y marosimi 19 may kuni Londondan 5 km uzoqlikdagi Vindzor qal`asida bo`lib o`tadi. Unga dunyoning turli burchaklaridan 500 dan ortiq mehmon kelishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar