AsosiyJamiyat

Samarqandda yangi institut tashkil etildi

'Samarqandda yangi institut tashkil etildi'ning rasmi

Samarqand qishloq xo`jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya medisinasi instituti tashkil etildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand veterinariya medisinasi institutini tashkil etish to`g`risida”gi qarori bilan Samarqand qishloq xo`jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya medisinasi instituti tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar qiladi.

Qaror bilan Samarqand qishloq xo`jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya medisinasi instituti tashkil etilib, institut va uning qoshidagi akademik lisey Oliy va o`rta ta`lim vazirligi tizimiga o`tkazildi.

Institutda veterinariya va chorvachilik sohasi uchun yangi zamonaviy bilimlarga ega bo`lgan oliy ma`lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.

2018–2019 o`quv yilida Institut magistratura bosqichiga (50 kishi) O`zbekiston fuqarolarini qabul qilish to`liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Institutning bakalavriat bosqichiga qabul kvotasi 800 kishi, shu jumladan to`lov-kontrakt asosida 525 kishi, davlat granti asosida 275 kishi etib belgilandi.

    Boshqa yangiliklar