AsosiyJamiyat

To`raqo`rg`on tumanida ijtimoiy faol bo`lmagan ayollar orasida anonim savol-javoblar o`tkazildi

'To`raqo`rg`on tumanida ijtimoiy faol bo`lmagan ayollar orasida anonim savol-javoblar o`tkazildi'ning rasmi

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanida istiqomat qilayotgan uy bekalari, ijtimoiy faol bo`lmagan ayollar orasida anonim savol-javoblar o`tkazildi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva Facebook’dagi sahifasida ma`lum qildi:

"Doimo ayollar bilan qanchalik ochiq, yuzma-yuz suhbatlashmay, ularning qalbida hech kimga ayta olmaydigan gaplari borligini sezib turaman.

Shu sababdan, Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanida istiqomat qilayotgan uy bekalari, ijtimoiy faol bo`lmagan ayollar orasida anonim savol-javoblar o`tkazishga qaror qildik. Anonim so`rovnoma natijalari asosida ayollarga nisbatan adolatsiz munosabatlarning tub ildizi o`rganiladi.

Ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida muammolarning echimi buyicha aniq va asosli chora-tadbirlar aks ettirilgan “Yo`l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Anonim so`rovnomaning ijobiy tomoni shundaki, avvalo bu orqali ayollar bilan dialog o`rnatiladi va ularning hech kimga ayta olmaydigan g`amu- tashvishlari, armonlarini bilib olishga imkon tug`iladi".


Bunday amaliyot Respublika miqyosidagi boshqa hududlarda ham o`tkazilishi nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar