AsosiyDunyo

Kilauea vulqoni yana otilishi mumkin

'Kilauea vulqoni yana otilishi mumkin'ning rasmi

AQShning Gavayi shtatining Gubernatori Kilauea vulqoni yaqinidagi hududni halokat hududi deb e`lon qildi.

TASSning xabar berishicha, AQSh prezidentiga yordam so`ralgan ariza yo`llangan.

Hududdan fuqarolarni evakuasiya qilish uchun Gavayida vertolyotlar etarli emas, federal hukumatdan bu borada yordam kutilmoqda. Shuningdek, geologlar vulqonning yana otilishi mumkin, deb ogohlantirgan bo`lib, uning oqibatlarini bartaraf etish uchun mablag` kerak.

So`nggi bir necha kun ichida Katta orolda o`nlab erosti silkinishi qayd etilgan. O`tgan xaftada Kilauea uyg`onib, lava oqimi hududdagi aholi manzilgohi – Leilan Esteytsgachaga etib kelgani haqida xabar berilgandi. O`nlab yoriqlardan 70 metr balandlikka lava oqimi otilib chiqdi. Mutaxassislar vulqonning g`arbiy tarafidagi faollik hali beri to`xtamasligini qayd etishmoqda.

Vulqon sabab hammasi bo`lib ikki mingga yaqin kishi o`z uylarini tashlab ketishdi. Lava oqimlari mintaqada 35 dan ortiq uy va binolarni vayron qilan. O`z vaqtida ko`rilgan choralar sababli qurbonlar bo`lmadi.

Kilauea XIX asrdan buyon dunyo rassomlari orasida mashhur sanaladi. Chunki aynan u tufayli rassomchilikdagi "Vulqon maktabi" vujudga kelgan..

Kilauea vulqonining nomi "portlovchi, otiluvchi" deb tarjima qilinadi. Gigantning balandligi dengiz sathidan 1247 metr yuqorida. Biroq, Tinch okeanining tubida joylashgan asosdan hisoblanganda, vulqon balandligi qariyb 6800 metrni tashkil qiladi. Kuzatuvlar boshlangandan buyon bir necha marotaba uning qo`zg`algani qayd etilgan. Birinchi marotaba hujjatlarda keltirilgan sana 1790 yilga to`g`ri keladi.

    Boshqa yangiliklar