Endi lombardlar yillik qarz summasining yarmidan ko`p miqdorda foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirishga haqli emas.
Lombardlar tomonidan faoliyat va operasiyalarni amalga oshirish qoidalariga o`zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazilgani haqida vazirlikning telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qiladi.
Yangi talablarga ko`ra, lombardlar garovga yoki saqlovga qo`yilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga, yillik qarz summasining yarmidan ko`p miqdorda foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, kredit shartnomalari bo`yicha javobgarlikning boshqa choralarini qo`llashga, shuningdek kredit buyurtmalarini ko`rib chiqish, ssuda hisobvaraqlariga xizmat ko`rsatish, kreditlar ajratish uchun to`lovlar, shuningdek kreditlar muddatidan ilgari so`ndirilganligi uchun neustoyka undirishga haqli emas.






