AsosiyJamiyat

Abdulaziz Komilov Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

2014 yilning 10 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Axmet Davuto`g`lu bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Uchrashuv davomida tomonlar munosabatlarning hozirgi holati haqida fikr almashishdi, halqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar hamda o`zbek-turk munosabatlarini rivojlantirish yo`llari muhokama qilindi.

Vazirlar tomonlarning tashqisiyosiy idoralar o`rtasida ikki tomonlama va ko`p tomonlama tashkilotlar doirasida hamkorlikni  jonlantirish takliflarini ko`rib chiqishdi.

Uchrashuvda Turkiyaning Favqulodda va Muxtor elchisi Erpul Namik Gyuner ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar